AQSh harbiylari dunyoda birinchi bo‘lib jangovar lazer ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Oklaxomadagi “Fort-Sill” bazasida real sharoitlar imitatsiya qilinib, HELMTT qurilmasi dronlar, artilleriya snaryadlari va minalarni yo‘q qilish uchun qo‘llandi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
11–19-aprel kunlari o‘tkazilgan mashg‘ulotlar haqida yaqindagina ma’lum qilindi.
Qurilmaning quvvati 10 kilovattni tashkil etdi. Uning boshqa texnik tavsiflari oshkor etilmayapti. Uskuna kichik dronlar va artilleriya snaryadlari, shuningdek, minomyot minalarini yo‘q qilishda muvaffaqiyat qozongani aytilmoqda.
AQSh harbiylari 2017-yilga qadar mobil harbiy lazer quvvatini 20 kilovattga, 2020-yilga qadar esa 100 kilovattga yetkazishni rejalashtirmoqda. HELMTT’ni ishlab chiqarish ustida Boeing kompaniyasi ishladi.
Ilk lazerlar AQSh armiyasida 2023-yildan qo‘llanilishi kutilmoqda. Ularning asosiy vazifasi — harbiy obyektlarni raketalar, snaryadlar va minomyotlardan himoya qilish.
Izoh (0)