Telegram messenjerida xabarni yuborgandan so‘ng ikki kun ichida uni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda TJournal.
Yangi funksiya iOS va Android’dagi dasturlarda, shuningdek, messenjerning desktop-versiyasida mavjud.
Xabarni o‘zgartirish uchun uni ajratib, “Tahrirlash” tugmasini bosish kerak. Tahrirlagandan so‘ng xabar yonida “Tahrirlandi” degan belgicha paydo bo‘ladi. Xabarni, u jo‘natilgandan keyingi ikki kun ichida o‘zgartirish mumkin.
Izoh (0)