Italiya shimolidagi “Uch qasr marafoni” yengil atletika yugurishida ishtirok etayotgan sportchi yashin zarbidan halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vichensa shahrida istiqomat qiluvchi 42 yoshli muhandis Mario Pantanali finishga yetib kelmaganidan so‘ng tashkilotchilar oyoqqa turdi. Uning jasadini “Qizil xoch” xodimlari 1150 metr balandlikda, yo‘l chetidan topib oldi.
Pantanali ilgari ko‘p bora marafonda yugurgani bois bu yerlarni yaxshi bilardi. Momaqaldiroq boshlanishi bilan u trassadan chiqib, yo‘l chetidan pana qidirgani taxmin qilinmoqda. Shunga qaramay, u yashindan qochib qutula olmadi.
Marafonda Italiya, Avstriya va Sloveniyadan tashrif buyurgan 300 havaskor sportchi ishtirok etdi.
Izoh (0)