So‘nggi bir haftadan beri Toshkent o‘zining o‘zgaruvchan ob-havosi bilan, kim bilsin, kamida London bilan bahslashmoqda — bir yomg‘ir yog‘ib, ko‘chalarni suvga to‘ldiradi, bir quyosh charaqlaydi, yana qarab tursang chaqmoqlar osmonni yoritadi.
Albatta, nurlarini ayamay sochib turgan oftobga hech narsa yetmaydi, lekin yilning shu faslida takrorlanmas darajada go‘zal va hayratlanarli ko‘rinishga kiradigan ilhombaxsh bulutlarni ham tomosha qilib qolish kerak. Tomoshani esa Facebook’dagi “Molodaya fotografiya Uzbekistana” guruhi a’zolari uyushtiradi.
Ma’lumot uchun, 16-may kuni ham, 17-may kuni ham butun O‘zbekiston bo‘ylab havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi.
Izoh (0)