Turkiyaning “Eskishexirspor” klubi “Bashakshekir”ga qarshi Turkiya chempionati 33-turida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va Superligada jon saqlab qolish umidini yo‘qqa chiqardi. “Eskishexirspor”ning quyi divizionga tushib ketganidan g‘azablangan muxlislar jamoaning uy stadionida yong‘in keltirib chiqardi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Muxlislar nafaqat stadion o‘rindiqlarida, balki maydonning o‘zida ham yong‘in keltirib chiqargan. Buning natijasiga uch nafar odam shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)