O‘zbekistonning barcha hududlarida 16-may, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 16-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li joylarida +5...+10 daraja, Toshkent shahrida +15...+17 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +13...+20 daraja oralig‘ida iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kunduzi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +32 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +33 darajagacha iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +23...+25 daraja, qolgan hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
16-may butun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.
Izoh (0)