O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Abduqahhor To‘xtaboyev besh yil muddatga Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda, prokuratura saytidagi ma’lumotga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Abduqahhor To‘xtaboyev 2015-yil fevralidan Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajarib kelayotgan edi, unga qadar esa, 2012-yildan boshlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori lavozimini egallab kelayotgandi. Ilgari To‘xtaboyev Toshkent shahar prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish bo‘limiga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)