Rossiya va Xitoy AQSh oldida turgan global tahdidlar ro‘yxatida birinchi o‘rinlarni egallaydi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Kolorado-Springsda (Kolorado shtati) bo‘lib o‘tgan Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa birlashgan qo‘mondonligi yangi qo‘mondoni lavozimini egallash marosimida aytib o‘tdi.
“Jahon sahnida AQShga taraf solinmoqda, — dedi u. — Birinchidan, bu Rossiya, ayniqsa uning Yevropadagi agressiyasi va yashirin fitnalari. Tinch okeani mintaqasida Xitoy ta’sirining tarqalishi ham jiddiy muammodir”.
Boshqa tahdidlar orasida mudofaa vaziri Shimoliy Koreyaning agressiv xatti-harakatlarini, Eronning siyosatini va IShID tahdidini tilga oldi.
Izoh (0)