Xitoyning Xebey provinsiyasida istiqomat qiluvchi ikki nogiron o‘z qishlog‘idagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun kuchlarini birlashtirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Szya Xaiksa 2000-yilda ko‘rishdan qoldi, Szya Vensi esa bolalikda qo‘lidan judo bo‘lgan edi. Shunga qaramay, ular birgalikda 13 yil davomida 10 mingdan ortiq daraxt ekishga muvaffaq bo‘ldi.
“Daraxtlar o‘sarkan, men maxsus dasturlarni ko‘rib, daraxt ekilishi atrof muhitni va havoni yaxshilashi mumkinligini o‘rgandim. Biz nafaqat daraxt o‘stirdik, balki o‘z ongimizni ham o‘zgartirdik”, — dedi Szya Vensi.
Izoh (0)