AQSh davlat kotibi Jon Kerri 14–26-may kunlari orasida bir yo‘la Saudiya Arabistoni, Avstriya, Belgiya, Myanma va Vyetnamda bo‘ladi. Bu haqda, Oq Uyning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xususan, 16–17-may kunlari AQSh diplomatiyasi rahbari Venada bo‘lib, Liviyada vaziyatni izga tushirish bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida hamda Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi majlisida ishtirok etadi. Shuningdek, AQSh Rossiya va Fransiya bilan bir qatorda Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari uchrashuvining tashabbuskori bo‘ladi.
18–21-may kunlari Kerri Bryusselda NATO tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining Varshavadagi iyul sammiti masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ishtirok etadi. 22–25-may kunlari Vyetnamda davlat kotibi Xanoy va Xoshimin shaharlariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan prezident Barak Obamaga qo‘shiladi.
Izoh (0)