Irlandiya rahbariyati Donegal grafligidagi Malin-Xed burni hududida uchuvchisiz parvoz qurilmalarini vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda, fuqarolik aviatsiyasi milliy boshqarmasi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bunday chora-tadbirlar “Yulduzli janglar” kinofranshizasining sakkizinchi qismi suratga olinishi munosabati bilan qabul qilindi. Tilga olingan hudud noyob tabiiy manzaralari bilan turistlar orasida alohida mashhurlikka ega.
Dronni noqonuniy ravishda uchirgan shaxs ming yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Bundan tashqari, burun hududida dronning operator bilan aloqasini uzib qo‘yadigan maxsus uskunalar o‘rnatildi.
Izoh (0)