Quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahridan uchib chiqib, Oklaxomadagi Talsa shahri tomon yo‘l oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Loyiha mualliflarining ma’lum qilishicha, uchuvchi Bertran Pikar boshqaruvidagi samolyot mahalliy vaqt bilan 3:00 da parvozini boshladi. U 1,5 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tib, 17 soat va 50 daqiqa deganda Talsa xalqaro aeroportiga qo‘nishi kutilmoqda.
Solar Impulse 2 Arizonaga may oyining boshida yetib borgan edi.
Izoh (0)