App Store’da pulli kontent chiqaradigan ishlab chiquvchilarning taxminan 1 foizi butun foydaning 94 foiziga egalik qiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Sensor Tower tadqiqot kompaniyasi hisobotiga tayanib.
So‘nggi chorak natijalariga ko‘ra, 623 ta eng ommabop dastur ishlab chiqaruvchilari App Store’da 1,43 milliard dollar foydaning 1,34 milliard dollarini qo‘lga kiritgan. Bunday kompaniyalar orasida Supercell (Clash of Clans), Machine Zone (Game of War Fire Age), Netflix va Spotify bor.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, App Store’dan barcha yuklab olishlarning 70 foizga yaqini eng ommabop ishlab chiquvchilarning shu foizi ulushiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi chorakda foydalanuvchilar ushbu dasturlar do‘konidan taxminan 1,38 milliard marta yuklashlarni amalga oshirgan.
Izoh (0)