Toshkentlik maktab o‘quvchisi Kiss me (“Meni o‘p”) degan yozuvli futbolka kiyib, ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lganida akasi bunga qarshilik bildirdi. “Iste’molchi” nashrida qayd etilishicha, o‘quvchi qiz tushunmagan holda shunday futbolkani sotib olgan, deya xabar beradi “1news.uz”.
“Bugun ko‘cha-ko‘y, maydonlar, istirohat bog‘lari, jamoat transporti, xullas, turli joylarda ayrim yosh yigit-qizlarning ko‘ksiga xorij so‘zlari yozilgan liboslarda bemalol yurishganiga ko‘zingiz tushadi. Vaholanki, bu ‘bemalol’lik til biladiganlarning lab burishiyu istehzoli tabassumiga sabab bo‘lyapti. Chunki yorqin ranglardagi, bir qarashda kishini o‘ziga jalb etadigan ushbu kiyimlarga I am alone (“Men yolg‘izman”), Call me (“Menga qo‘ng‘iroq qil”), I want you, you want me (“Men seni xohlayman, sen meni”) singari so‘zlar yozilgan”, deyiladi maqolada.Kiss me da’vati yozilgan futbolka kiygan toshkentlik qizning ko‘chaga chiqishiga akasi ruxsat bermadi
Mavzuga doir
×
Izoh (0)