Korporativ mobil telefonlar orqali qo‘ng‘iroqlarni kuzatish tizimlarining yaratilishi masalasi Kremlga emas, xususiy tadbirkorlar va vaziyatning qonunchilikka muvofiqligini kuzatib boradigan idoralarga daxldordir. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Bugun, 11-may kuni “Kommersant” nashri Natalya Kasperskayaning InfoWatch kompaniyasi ofislarda mobil telefonlar orqali qo‘ng‘iroqlarni kuzatuvchi tizimni yaratganini xabar qilgan edi. Bu kompaniyalarni axborot tashqariga chiqib ketishidan himoya qilishi lozimligi aytilmoqda.
“Bilasizmi, bu xususiy tadbirkorlik, bu qonunchilikka qay darajada muvofiqligini bilmadim, lekin, o‘ylashimcha, bu Kremlning masalasi emas”, — ta’kidladi Peskov.
Izoh (0)