2008-yilda Dyaoshuylou sharsharasidan sakrab, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan xitoylik Di Xuanran turistlar uchun bu ishni yana bir bor takrorladi. 59 yoshli erkak 13 metrli balandlikdan Szinbo ko‘liga sakradi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Bir muddat oldin erkak mashg‘ulot o‘tkazdi va sakrashni amalga oshirdi. Shundan so‘ng, uni kuzatib turgan odamlarning aytishicha, Di Xuanran hech qanday vositalarsiz tepaga ko‘tarildi.
Ilk sakrashini Xuanran 1983-yilda amalga oshirgan edi. Rekordchi o‘z natijasini 60 va 70 yoshligida takrorlashga va’da bergan.
Izoh (0)