AQShning Texas shtati Mensfild shaharchasida yashovchi siam mushugi o‘z turining eng keksa vakili sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda, ABC News ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Skuter laqabli mushuk 1986-yilning 26-martida tug‘ilgan.
Mushukning egasi Skuterning uzoq umr ko‘rishi siri uning faolligi va to‘g‘ri ovqatlanishida ekanligini ta’kidlagan. Mushuk tovuq go‘shtini va suv muolajalarini juda yaxshi ko‘radi.
Veterinarlar esa Skuter kuchli irodaga ega bo‘lgan ajoyib mushukligini ma’lum qilgan.
Skuter Rekordlar kitobida oregonlik 26 yoshli Velvetning o‘rnini egalladi.
Izoh (0)