Xitoy Tayvani adliya vazirligi 2014-yil mayida Taybey metrosida qirg‘in uyushtirgan 23 yoshli talabaga nisbatan o‘lim jazosi hukmini ijro etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hukm 10-may, seshanba kuni uch marta o‘q otish orqali ijro etildi.
Hodisa 2014-yil 21-may kuni Taybey metrosi vagonida sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda 21 yoshda bo‘lgan yigit pichoq bilan yo‘lovchilarga hamla qildi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 22 kishi yaralandi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, talaba jinoyatni amalga oshirish chog‘ida alkogol mastlik holatida bo‘lgan.
Izoh (0)