Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yetakchilaridan biri Svetlana Radzivil Yaponiyaning Kavasaki shahrida o‘tkazilgan Seiko Golden Grand Prix 2016 Kawasaki xalqaro turnirida kumush medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Balandlikka sakrash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada 1,90 metr natijani qayd etgan o‘zbekistonlik yengil atletikachi amerikalik Liz Petersondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Amerikalik sportchi 1,93 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)