Koreya yarim orolidan janubi-sharqda may oyining oxirida Avstraliya, AQSh, Malayziya, Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya suvosti kemalari ishtirokida Pacific Reach suvosti floti kemalarining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Koreya Respublikasi Harbiy-dengiz kuchlari bayonotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“O‘quv mashg‘ulotlari Chinxegu porti hududida bo‘lib o‘tadi. Ular 25-may kuni boshlanib, 3-iyunga qadar davom etadi. Undan dengizdagi qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish ko‘nikmalarini ishlab chiqish maqsadi ko‘zlangan”, — deyiladi bayonotda.
Mashg‘ulotlar davomida chuqur suv ostida qutqaruv qurilmalari, zamonaviy suvosti texnikasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. “Kuzatuvchilar tariqasida Rossiya Harbiy-dengiz floti, yana 11 ta mamlakat, jumladan, Xitoy Harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi”, — deb ma’lum qilinadi xabarda.
Izoh (0)