Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter AQSh hukumatining talabiga muvofiq hibsga olinishdan qo‘rqib, Fransiyada o‘tadigan 2016-yilgi Yevropa Chempionatiga bormaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

FIFA tarixidagi eng yirik korrupsion janjal tufayli chetga chiqib qolgan sobiq sport amaldori bugungi kunda mazkur ish bo‘yicha gumon qilinayotgan 42 kishidan iborat ro‘yxat boshida turibdi.

“Fransiya hukumatining menga savollari yo‘q, lekin AQSh hukumati bilan bog‘liq ish davom etarkan, ayrim davlatlarga bormay turaman. Shveysariyaliklarda muammolar kuzatilgan joylar bor, masalan, bir bankir Italiyaga borib, oxir-oqibat Nyu-Yorkka olib ketilgan”, — deb izohladi o‘z qarorini Blatter.

Shu bilan birga, u federatsiyaning rasmiy taklifi bo‘lgan taqdirda yirik sport musobaqasini albatta Fransiyadan kuzatishini qo‘shimcha qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov