AQShning Konnektikut shtatida 71 yoshli Robert Stakovits hibsga olindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, Stakovits 48 yil muqaddam qamoqdan qochib ketgan.
1966-yilda talonchilik hujumi uchun hibsga olingan Stakovitsga hukm 1968-yilda o‘qildi. U keyingi 17 yil umrini Jorjiya shtatidagi mehnat lagerida o‘tkazishi lozim edi, ammo to‘rt oy o‘tmay qochib ketdi.
Qochoq o‘ziga yangi ism-sharif — Bob Gordon — olib, Konnektikut shtatidagi Xartford shaharchasi (aholisi — 3,5 ming kishi) chetida yashay boshladi. U qayiqlarni ta’mirlash bilan kun kechirardi.
Stakovits ijtimoiy ta’minot dasturiga talabnoma kiritganidan so‘ng shubha ostiga tushib qoldi. Besh oylik kuzatuvlardan so‘ng u 9-may kuni hibsga olindi. Endilikda keksa jinoyatchi Jorjiyaga ekstraditsiya qilinishini kutmoqda.
Izoh (0)