Angliyaning “Manchester Siti” klubi hamda Belgiya terma jamoasi himoyachisi Vensan Kompani sonidan va chovidan olgan jarohati tufayli to‘rt oyga safdan chiqdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Kompanining jarohati haqida Belgiya terma jamoasi shifokori Liven Massxalk xabar bergan. Futbolchining o‘zi ham bu haqda ma’lum qilgan edi.
30 yoshli himoyachi joriy mavsum bir necha bor jarohatga yo‘liqdi va Angliya chempionatida atigi 14 ta o‘yinda ishtirok eta oldi.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati shu yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar Fransiyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)