Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda. 7-may, shanba kuni musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini -73 kilogramm vazn toifasidagi dzyudochilar boshlab berdi, deb xabar qilmoqda “Olamsport”.
Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan ikki sportchi — Mirali Sharipov va G‘iyosjon Boboyev finalda bir-biriga ro‘rabo keldi. Unda Sharipovning qo‘li baland kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Boboyev esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Mirali Sharipov finalga qadar qozog‘istonlik Dastan Yakubayev, gollandiyalik Deks Elmont, xitoylik Yingjirigala Say hamda ukrainalik Dmitro Kanivetsni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik dzyudochi — Diyorbek O‘rozboyev -60 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)