O‘zbekistonda 9-may kuni butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, havo harorati avvalgi kunlarga nisbatan biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
9-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +7...+12 daraja iliq bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +22...+23 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda +12...+19 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.
9-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12...+17 daraja iliq bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +25 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida +28 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +30 darajagacha iliq bo‘ladi.
9-may kuni vaqti-vaqti bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘ladi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi kuchayishi mumkin.
Izoh (0)