Italiyalik operachi Andrea Bochelli “Lester”ni sharaflash marosimida kuyladi
Italiyalik mashhur opera tenori Andrea Bochelli o‘z tarixida ilk bor Angliya chempioni bo‘lgan “Lester” jamoasini sharaflash marosimida kuyladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Marosim “Lester”ning “Everton”ga qarshi Angliya chempionati 37-turi boshlanishidan avval bo‘lib o‘tdi. Bochelli “Turandot” operasining Nessun Dorma ariyasini ijro etdi. Angliya chempioni maqomida maydonga tushgan “Lester” 3:1 hisobida “Everton”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
2-mayga o‘tar kechasi Angliya chempionati 36-tur so‘nggi o‘yinida “Chelsi” o‘z maydonida “Tottenhem” bilan jangovar durang (2:2) qayd etib, “Lester”ning turnir yakunlanishiga ikki tur qolganida chempion bo‘lishiga zamin yaratdi. “Lester” Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan 24-klub bo‘ldi.O‘tgan mavsumda “Lester” Nayjel Pirson qo‘li ostida Angliya chempionatini 14-o‘rinda yakunlagan edi. Klubning avvalgi eng yuqori natijasi 1928/29-yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, jamoa Angliyaning birinchi ligasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar