Moskvada 6-may, juma kuni #NashParad federal badiiy loyihasi yakuniy bosqichining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Taqdimotda “Armata” T-14 tanki aks etgan graffitilar namoyish etildi. Bir oy davomida moskvaliklar va poytaxt mehmonlari uni batafsil ko‘zdan kechirishi mumkin.
Loyiha Rossiyaning zamonaviy zirhli texnikasini yaratuvchi kishilar, tashkilotlar va shaharlarga bag‘ishlangan. U 2-may kuni Uralda start oldi. Rossiya zamonaviy harbiy texnikasi aks ettirilgan graffitilar Yekaterinburg, Nijniy Tagil, Chelyabinsk, Omsk va Nijniy Novgoroddagi uylar fasadini bezab turibdi.
#NashParad bu 1500 kvadrat metrga yaqin graffiti bo‘lib, loyiha ustida oltita shaharda sakkiz nafar professional rassom ish olib bordi. Tasvirni yaratish uchun 2 mingta bo‘yoq balloni sarflandi.
https://www.youtube.com/watch?v=LR37rF_TLls
Izoh (0)