Qatar tashqi ishlar vazirining Rossiyaga tashrifi Suriyada siyosiy barqarorlashuv yo‘llarini qidirish bilan bog‘liqdir. Bu haqda shayx Muhammad at-Taniy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Men Amir Hazrati Oliylarining so‘zlarini yetkazish uchun tashrif buyurdim. Uning mundarijasi mintaqada vaziyatning rivojiga daxldor bo‘lib, ayniqsa Suriyadagi inqiroz hamda yaqinda Aleppoda ahvolning keskinlashuviga urg‘u beriladi. Mening Rossiyaga tashrifim Suriyada siyosiy barqarorlashuvni qutqarib qolish yo‘llarini qidirish bilan bog‘liqdir”, — dedi Qatar tashqi ishlar vaziri matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralar asnosida Qatar va RF Suriyaning yaxlitligini saqlab qolish muhimligi borasida bir qarorga kelgan.
Izoh (0)