Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

The Economist jurnali tuzib chiqqan “tanish-bilishchilik kapitalizmi” reytingida Rossiya birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: The Economist

Foto: The Economist

“Tanish-bilishchilik kapitalizmi” deganda biznes rivoji tadbirkorning davlat strukturalaridagi tanish-bilishlariga bog‘liq bo‘ladigan iqtisodiy tuzum tushuniladi.

Indeks Forbes’ning eng boy insonlar ro‘yxatiga asoslangan. The Economist davlatga qo‘shilib ketish xavfi eng yuqori bo‘lgan o‘n sohani ajratib ko‘rsatadi — neft-gaz, mudofaa, o‘yin biznesi va hokazo. Shundan so‘ng biznesmenlar mamlakatlar bo‘yicha guruhlanadi, ularning umumiy daromadi mamlakat YaIMiga foizlarda taqqoslanadi.

Bu ko‘rsatkich Rossiyada YaIMning 18 foiziga teng bo‘lib chiqdi. “Kuchli” beshlikka, shuningdek, Malayziya, Filippin, Singapur va Ukraina kirdi.

“Tanish-bilishchilik kapitalizmi” eng kam rivojlangan mamlakat deb Germaniya tan olindi (0,2 foiz). Undan keyingi pog‘onalarni Polsha, Janubiy Koreya, Yaponiya va Fransiya egalladi.

Reytingda jami 22 mamlakat ishtirok etdi: jahonning besh eng yirik iqtisodiyoti, tadbirkorlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar shaffof bo‘lgan o‘nta kuchli iqtisodiyot va o‘nta “muammoli” davlat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi