Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘lining iste’fosi AQSh va Turkiya hamkorligiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bosh vazir AQShga yaxshi sherik edi, va biz uning yetakchiligidan minnatdormiz. Bu qandaydir tarzda AQSh va Turkiyaning birgalikda ishlash imkoniyatiga ta’sir qilishini kutmayapman”, — dedi u IShIDni zaiflashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha umumiy strategiyani alohida ta’kidlar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘li vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ikki hafta ichida ajralishi mumkinligi xabar berilgan edi. Reuters’ning manbalariga ko‘ra, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining 21-mayga belgilangan navbatdan tashqari syezdi yakunlari bo‘yicha shunday qarorga kelinishi mumkin.
Izoh (0)