Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonning Olmaota shahrida 28—29-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo chempionatidan 7 oltin, 6 kumush va 13 bronza, jami 26 ta medal bilan qaytdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Dildora Annadurdiyeva, Hilola Badalova, Madina Hakimjonova, Iskandar Xushbekov, Ibrohim Xo‘jayorov, Komil Zokirov va Shohrux Tursunmuhammadov chempionatda oliy o‘rinlarni egallagan.
Musobaqalarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘onistondan kelgan 300 dan ziyod sportchi ishtirok etgan.
Izoh (0)