Daryo

“Lokomotiv” OChL nimchorak finaliga chiqa olgan O‘zbekistonning uchinchi klubi bo‘ldi

OChLda ketma-ket to‘rtinchi marta qatnashayotgan “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor musobaqa pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi

2 daqiqa o‘qish13 036 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga chiqish vazifasini uddalay olgan O‘zbekistonning uchinchi jamoasiga aylandi.

Foto: IRNA

Bugun, 4-may kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida BAAning “An-Nasr” klubiga qarshi kechgan OChL guruh bosqichi 6-tur uchrashuvida “Lokomotiv” 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur natija Toshkent klubiga OChL—2016 nimchorak final bosqichiga 1-o‘rinni egallagan holda chiqish imkonini berdi.

OChLda ketma-ket to‘rtinchi marta qatnashayotgan “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor musobaqa pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Bungacha O‘zbekistonning faqat ikki klubi — “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari OChL pley-off bosqichiga chiqa olgan.

2016-yilni ham qo‘shib hisoblaganda OChL bahslarida 13-marta qatnashgan “Paxtakor” to‘rt marta (2002/03, 2004, 2009 va 2010-yillarda) pley-off bosqichiga chiqqan bo‘lib, eng yaxshi natijasi (yarim final bosqichiga chiqishni) dastlabki ikki ishtirokida — 2002/03 va 2004-yilgi mavsumlarda qayd etgan.

OChLda ketma-ket to‘qqizinchi bor ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi yetti marta (2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013 va 2014-yillarda) pley-off bosqichiga chiqqan, eng yaxshi natijasi (yarim final bosqichiga chiqish)ni 2008 va 2012-yillarda qayd etgan.

“Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv”dan tashqari, turli yillarda Farg‘onaning “Neftchi” (2002/03, 2004, 2005, 2007, 2012-yillarda), Qarshining “Nasaf” (2012, 2014, 2015, 2016 yillarda) va Muborakning “Mash’al” (2006 yilda) kabi O‘zbekiston jamoalari ham OChLda qatnashgan, biroq ular guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan.

2002/03-yilgi mavsum

  • “Paxtakor” yarim finalgacha yetib borgan;
  • “Neftchi” guruh bosqichiga chiqa olmagan

2004-yil

  • “Paxtakor” yarim finalgacha yetib borgan;
  • “Neftchi” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2005-yil

  • “Paxtakor” va “Neftchi” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2006-yil

  • “Paxtakor” va “Mash’al” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2007-yil

  • “Paxtakor” va “Neftchi” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2008-yil

  • “Bunyodkor” yarim finalgacha yetib borgan;
  • “Paxtakor” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2009-yil

  • “Paxtakor” va “Bunyodkor” chorak finalgacha yetib borgan

2010-yil

  • “Paxtakor” va “Bunyodkor” nimchorak final bosqichiga chiqqan

2011-yil

  • “Bunyodkor” nimchorak final bosqichiga chiqqan;
  • “Paxtakor” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2012-yil

  • “Bunyodkor” yarim finalgacha yetib borgan;
  • “Paxtakor” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan

2013-yil

  • “Bunyodkor” nimchorak final bosqichiga chiqqan;
  • “Paxtakor” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan, “Lokomotiv” guruh bosqichiga chiqa olmagan

2014-yil

  • “Bunyodkor” nimchorak final bosqichiga chiqqan;
  • “Lokomotiv” va “Nasaf” guruh bosqichiga chiqa olmagan

2015-yil

  • “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Bunyodkor” guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmadi

2016-yil

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar