Suriya prezidenti Bashar Asad IShID terrorchi guruhi bilan o‘zaro til biriktirib harakat qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, Sky News telekanalining surishtiruviga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Telekanal IShIDning maxfiy hujjatlari oshkor bo‘lib qolganini e’tirof etmoqda. Ularga ko‘ra, Asad bilan, xususan, Palmirada hamkorlik qilingan. Shaharning ozod qilinishidan oldinroq jangarilar va hukumat taraf hujjat tayyorlagan. Ushbu hujjatda og‘ir artilleriya va zenit pulemyotlarini Palmiradan olib ketish ko‘rsatilgan. IShID tomonidan qochib o‘tgan sobiq jangarilardan biri tashkilot hukumat bilan qo‘shinlarining harakatini muvofiqlashtirib borishini tasdiqlagan.
Shuningdek, IShIDdan qochib o‘tgan guvohlar ikki o‘rtada savdo shartnomasi bir necha yildan buyon amalda ekanligini aytgan.
Telekanalning tan olishicha, hujjatlarning haqiqiyligini tekshirib ko‘rishning iloji yo‘q, ammo bu manba taqdim etgan ilgarigi barcha ma’lumotlar haqqoniy bo‘lib chiqqan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)