Turkiya harbiylari mamlakatning Suriya bilan chegarasidagi Kilis shahriga raketa zarbalari berilganiga javoban IShID marralariga artilleriya yordamida o‘t ochdi. Bu haqda Turkiya bosh shtabidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
2-may, dushanba kuni Kilisga Suriyaning IShID nazoratidagi Jarablus shahridan yo‘llangan ikki raketa kelib tushdi. Raketalardan biri uyga tushdi, buning oqibatida yong‘in kelib chiqdi va bir kishi jabrlandi.
Turk artilleriyasining javob zarbasi bilan IShIDning olti nafar jangarisi o‘ldirilgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)