Eron xorij investitsiyalari va texnologiyalari yordamida 4—5 yil mobaynida texnologik siljishga erishishga qodir. Bu haqda 29-Tehron xalqaro kitob yarmarkasi ochilishi chog‘ida mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Mamlakat iqtisodiyotini chet el investitsiyalari va texnologiyalarisiz, mustaqil ravishda rivojlantirish mumkinligini uqtiradiganlar bor. Biroq bunga kamida 40—50 yil ketgan bo‘lardi. Tehron va ‘oltilik’ o‘rtasidagi yadro kelishuvi amalga oshirilishi tufayli yuzaga kelgan imkoniyatlar esa hozirning o‘zida yangi texnologiyalarni joriy etish va 4—5 yil ichida texnologik siljishga erishishga yo‘l ochadi”, — deya ta’kidlagan Ruhoniy.
Shu bilan birga, prezident mazkur kelishuv va mamlakatdan sanksiyalarning olib tashlanishi “nafaqat Eron va uning xalqi, balki butun dunyo xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi”ni bildirgan.
Izoh (0)