Ispaniya qiroli Felipe VI parlament saylovlarini muddatidan oldin o‘tkazish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Parlamentning ikkala palatasi tarqatib yuboriladi. Saylovlar esa 2016-yilning 26-iyun kuni o‘tkaziladi.
2015-yilning dekabrida o‘tkazilgan avvalgi saylovda saylangan parlament tarkibi mamlakat hukumatini shakllantirish, jumladan, bosh vazir lavozimiga nomzod borasida bir fikrga kela olmagani uchun yangi saylovlar tashkil etiladi. Parlamentga hukumatni shakllantirish uchun berilgan muddat 2-may kuni yakuniga yetdi.
Izoh (0)