Vashingtonda yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi, bir nechta vagon ag‘darildi, natijada ularning biridan xavfli suyuqlik sizib chiqib ketdi, deb yozadi “RBK”.
Hodisa Amerika poytaxtining shimoli-sharqida sodir bo‘ldi. Gap natriy gidroksidi haqida bormoqda. Halokat oqibatida yong‘in kelib chiqmadi, hukumat ham odamlarni evakuatsiya qilib o‘tirmadi.
Mahalliy televideniye xabariga ko‘ra, hodisada hech kimga zarar yetmagan.
Izoh (0)