Kuvaytda o‘tkazilayotgan Yamandagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar BMT maxsus vakili Ismoil Shayx Ahmad vositachiligida davom ettiriladi. Bu haqda vakilning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Oldinroq Yaman hukumati vakillari BMT shafeligida o‘tkazilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgan va buni isyonchi xusiylar tomonidan mamlakatning bir qancha viloyatlarida sulh kelishuvi buzilayotgani bilan izohlagandi.
Izoh (0)