Nyu-York rasmiylari multfilm va komikslar qahramonlari — toshbaqa-ninzalarni 2016-yilda shaharning rasmiy sayyohlik ramzi etib tanladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shahar rasmiylari bilan kelishuvga ko‘ra, Nyu-Yorkda turizm rivoji uchun javob beradigan NYC & Company firmasi toshbaqalar obrazidan reklama kampaniyasida foydalanadi. Jumladan, ular aks etgan plakatlar Nyu-Yorkning o‘zida, shuningdek, Los-Anjeles, Chikago, Boston, Mayami va Dallasda joylashtiriladi.
NYC & Company bunday reklama kompaniyalarini 2009-yildan beri har yili o‘tkazib keladi. Har gal ular biror taniqli qahramonlar atrofida quriladi. Oldinroq ular qatoriga “Mappet-shou” dasturi qo‘g‘irchoq ishtirokchilari, smurflar kirgandi. Toshbaqa-ninzalar bu ro‘yxatda sakkizinchisi bo‘ldi.
Izoh (0)