21-aprel kuni 57 yoshida olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prins OITS bilan kasallangan bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Londonning Daily Mail nashri AQShda chop etiladigan National Enquirer gazetasiga tayanib, shunday ma’lumot tarqatdi. Nashrda yozilishicha, “Prins 1990-yil o‘rtalarida OIVga chalingan, 6 oy avval esa kasallik OITSga rivojlanib ketgan”.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gollivudda taniqli shifokor Dryu Pinski Prinsning o‘limiga qabul qilingan dorilarning noo‘rin birikuvi va buning oqibatida “dozalarning tasodifan oshib ketishi” sabab bo‘lganini bildirgandi.
Izoh (0)