“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Lui Van Gal kelasi mavsumda ham o‘z vazifasini davom ettirish niyatida, deb xabar berdi “Sport-Ekspress” Goal nashriga asoslanib. Oldinroq klubni kelasi mavsum uchun portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo qabul qilib olishi aytilgandi.
“Barqaror o‘yin ko‘rsatishimiz va g‘alaba qozonib turishimiz uchun vaqt kerakligini har doim tushunganman. Buning uchun uch yil vaqt kerakligini bilsamda, ikki yillik shartnomaga imzo chekkandim. Uch yillik shartnomani esa men emas, klubning o‘zi xohladi. Mening shartnomamda yana bir yil bor, shuning uchun kelasi mavsumda ham jamoada qolaman”, — dedi Lui Van Gal.
Gollandiyalik mutaxassis so‘nggi 6 oy davomida uni tinimsiz ravishda iste’foga chiqarganliklari haqida to‘xtalib, bunday holat u faoliyat olib borgan har bir klubda ro‘y berganini qo‘shimcha qildi. — “Men bu yerda qolgan jamoalarimda qanday ishlagan bo‘lsam, shunday ishlab kelmoqdaman”, — deb aytib o‘tdi mutaxassis.
Izoh (0)