Bugun, 30-aprel kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati U-19 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Jamoalar 2014-yilgi Osiyo chempionatida qayd etgan natijasiga qarab savatchalarga ajratib chiqilgan. Musobaqa mezboni Bahrayn to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-savatchadan o‘rin oldi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2014-yilgi qit’a birinchiligida yarim finalga qadar yetib borganligi uchun dastlabki savatchaga kiritildi.
1-savatcha: Bahrayn, Qatar, KXDR, O‘zbekiston
2-savatcha: Yaponiya, Tailand, BAA, Xitoy
3-savatcha: Avstraliya, Iroq, Janubiy Koreya, Yaman
4-savatcha: Eron, Vyetnam, Saudiya Arabistoni, Tojikiston
Qur’a marosimi Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Bahrayndagi Osiyo chempionati 13–30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, U-19 Osiyo chempionatida finalga yarim chiqqan to‘rtta jamoa 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)