AQSh o‘zining NATOdagi hamkorlari bilan birgalikda Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida 4 ming harbiy xizmatchidan iborat to‘rt batalonni dislokatsiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu Rossiya tomonidan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishiga javob chorasi hisoblanmoqda.
Dislokatsiya qilinadigan shaxsiy tarkib adadini AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Robert Uork tasdiqladi.
“Ruslar bevosita chegara yaqinida ko‘plab qo‘shinlar ishtirokida kutilmagan harbiy mashg‘ulotlarni ko‘p o‘tkazadi. O‘z nuqtai nazarimizdan biz buni provokatsion fe’l-atvor deb baholashimiz mumkin”, — dedi u.
AQSh ushbu maqsadga ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalon ajratishga tayyor.
Izoh (0)