Fransiya parlamentining quyi palatasida Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirish borasida ovoz berish o‘tkazildi. Unda 577 deputatdan 101 nafari ishtirok etdi. Ko‘pchilik Rossiya sanksiyalarining muddatini uzaytirmasdan, belgilangan vaqtda to‘xtatish taklifini yoqlab chiqdi. Bu haqda, milliy assambleya (quyi palata) saytidagi ma’lumotlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani 55 deputat yoqlab chiqdi, 44 nafari qarshi ovoz berdi, ikki nafari betaraf qoldi.
Hujjat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, ijro hokimiyati — Fransiya hukumatiga hech qanday majburiyat yuklamaydi.
Hujjat tashabbuskori “Fransiya-Rossiya muloqoti” uyushmasi hamraisi, deputat Tyerri Mariani bo‘ldi. U 2015-yil iyulida Fransiya parlamentariylarining Qrimga yuborilgan delegatsiyasiga boshchilik qilgan edi.
Izoh (0)