BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obamani Suriya masalasidagi muzokaralar va mamlakatda o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi bo‘yicha muammolarni hal etishga chaqirdi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
De Mistura Xavfsizlik Kengashi majlisidan so‘ng Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini “arang tirik” deb atadi hamda Rossiya va AQSh siyosiy nuqtai nazardan vaziyatni hal etish uchun ko‘p hissa qo‘shganligini ta’kidladi.
BMT bosh kotibining elchisi shuning uchun aynan mazkur ikki davlat “o‘zlari yaratgan vaziyatni tiriltirishi” lozimligini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, de Mistura may oyida Suriya bo‘yicha muzokaralarning qaytadan boshlanishiga umid qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)