1-iyuldan Germaniya Federal razvedka xizmatiga moliya vazirligi xodimi Bruno Kal rahbarlik qiladi, u ma’muriy huquq bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Bu haqda federal kansler idorasi rahbari Peter Altmayyerning rasmiy bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Germaniya hukumati, shu tariqa, avvalroq razvedkaning hozirgi rahbari, ushbu lavozimni 2012-yildan egallab kelayotgan 63 yoshli Gerxard Shindlerning iste’fosi rejalashtirilayotgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarni tasdiqladi.
Altmayyer muassasa rahbari o‘zgarishi va muddatidan avval pensiyaga chiqarilishi sabablariga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)