27-aprelning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal staj oshirildi. Yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiya mavjud stajga mutanosib ravishda tayinlanadi.
2. O‘zbekistonda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi. Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
3. Olimpiadaga 100 kun qoldi: O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni bo‘yicha hozircha 2-o‘rinda bormoqda. Qo‘lga kiritilgan 46 ta Olimpiada yo‘llanmalari bo‘yicha 49 nafar o‘zbekistonlik sportchi Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etadi.
4. Venesuelada davlat ishchilari haftasiga 2 kun ishlaydi. Ushbu chora mamlakatda davom etayotgan energetik tanqislikni yengish uchun qabul qilindi.
5. Kun fotosi: Darvozasi buzilgan Oloy bozori. Bozorning ta’miri 2016-yilning kuzida yakuniga yetishi kutilmoqda.
Izoh (0)