Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan Oloy bozorining asosiy darvozalari va uning yaqinidagi kafelar 26—27-aprel kunlari demontaj qilindi. UZ24 xabariga ko‘ra, eski arka o‘rnida yangi inshoot quriladi.
Eslatib o‘tamiz, Oloy bozorining keng miqyosli rekonstruksiyasi 29-fevral kuni boshlangan edi.
Hozirga qadar bozor ichki qismidagi inshootlarning bir qismi qurib bo‘lingan.
Avvalroq Oloy bilan Mirobod bozorlari ta’miri uchun 15 milliard so‘m ajratilgani haqida xabar berilgan edi. Oloy bozoridagi qurilish-ta’mirlash ishlari 2016-yilning kuzida yakuniga yetishi kutilmoqda.
Izoh (0)