Avgust oxirigacha Toshkentda qator maktabgacha ta’lim muassasalari kapital ta’mirdan chiqarilishi rejalashtirildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Ta’mirlash bo‘yicha tenderni Toshkent hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” muhandislik kompaniyasi e’lon qildi.
30 MTMdagi ta’mirlash ishlarining umumiy boshlang‘ich narxi mahalliy byudjet mablag‘laridan 23,772 milliard so‘mdan (qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblamaganda) oshadi.
Kapital ta’mirdan chiqariladigan MTMlar:
- Olmazor tumani: 52-, 94- va 472-sonli MTMlar;
- Bektemir tumani: 574-MTM;
- Mirobod tumani: 127- va 507-MTM;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: 403-, 446- va 466-MTM;
- Sirg‘ali tumani: 45-, 87- va 459-MTM;
- Uchtepa tumani: 360-, 409- va 465-MTM;
- Chilonzor tumani: 89-, 368- va 462-MTM;
- Shayxontohur tumani: 27-, 448- va 491-MTM;
- Yunusobod tumani: 160-, 253-, 417- va 499-MTM;
- Yakkasaroy tumani: 348- va 357-MTM;
- Yashnobod tumani: 129-, 557- va 602-MTM.
Izoh (0)