Eron sudi to‘rt jurnalistni davlatga qarshi jinoyatlarda ayblab, qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda, IRIB telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sud chiqargan hukmga muvofiq, Dovud Asadiy o‘n yilga, Ehson Mozandaroniy yetti yilga, Ofarin Chitsoz va Ehson Safarzay besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ishi ko‘rib chiqilgan yana bir jurnalist — Isso Sahrxez bo‘yicha sud yakuniy qarorini e’lon qilmadi.
2015-yil kuzida beshala jurnalistga nisbatan milliy xavfsizlikka tahdid ayblovi ilgari surilgan edi.
Izoh (0)